Belarusda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi mamlakatga Erondan kelgan talabada aniqlangan. U Belarusga Bokudan uchib kelgani aytilmoqda. «Bemor va u bilan muloqot qilgan shaxslar Minsk yuqumli kasalliklar shifoxonasida karantinga olingan», — deyiladi xabarda. Idoraning ta`kidlashicha, bemorning ahvoli qoniqarli.
Shuningdek, Litvada ham koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati aniqlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, u Italiyaning Verona shahrida 24 fevral kuni mamlakatga qaytib kelgan. Ayni vaqtida bemor izolyasiya qilingan, ahvoli og`ir emas.
Reuters nashrining yozishicha, Nigeriyada ham koronavirusga kasallanish bo`yicha birinchi holat qayd etilgan. Virus mamlakatga uch kun oldin kelgan Italiya fuqarosida aniqlangan.
Yangi Zelandiya ham birinchi bor yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemor aniqlangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardernning so`zlariga tayanib, TVNZ telekanali xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, bemor Eronga qilgan safaridan so`ng Oklend shahriga qaytib kelgan.






