Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy qiyofadoshlari mavzusi so`nggi 20 yil davomida Rossiya aholisining ongini tark etmadi. Turli nazariyalar Internetda turli farazlar bilan paydo bo`ladi. Putin esa qiyofadoshlari borligini rad etishdan charchamaydi.
Prezident yangi intervyusida 2000-yillarning boshlarida uning atrofidagilar uni xavfli joylarga olib borish uchun qiyofadoshlardan foydalanish g`oyalariga ega bo`lishganini tan oldi, ammo keyin rad etdi.
Ammo, agar prezidentning hech qanday qiyofadoshi bo`lmasa-da, dunyoda unga o`xshaydigan odamlar etarli. Masalan, aktyor Dmitriy Grachev Putinga o`xshashi bilan tanilgan. Prezident tasviri ko`ngilochar dasturlarda ko`pincha ishlatiladi va bu, albatta, faqatgina Rossiya rahbariga tegishli emas.
Aktyor Alec Baldwin faol tarzda Putinning amerikalik hamkasbi Donald Trampga taqlid qiladi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta IIga ham o`xshash odam bor, faqat u erkak.
Quyida taniqli shaxslar va ularga o`xshovchi oddiy odamlar suratlari keltirilgan.

Parodist Dmitriy Grachev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin

Aktyor Alek Bolduin (chapda) va AQSh prezidenti Donald Tramp

KPSS MK Bosh kotibi Mixail Gorbachev (o`ngda) va uning qiyofadoshi

KXDR etakchisi Kim Chen In (o`ngda) va uning qiyofadoshi Govard

AQShning 44-prezidenti Barak Obama (o`ngda) uning qiyofadoshi - indoneziyalik Ilhom Anas

Vladimir Lenin (o`ngda) va uning qiyofadoshi

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II (o`ngda) va uning rasmiy qiyofadoshi

Iosif Stalin (o`ngda) va uning qiyofadoshi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy (o`ngda) va uning o`zbekistonlik qiyofadoshi Umid Isaboev