O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo`l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturi to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu Qaror asosida 2015-2019 yillarda “O`zbek milliy avtomagistrali” tarkibiga kiruvchi respublikadagi avtomobil yo`llari qismlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda yo`l tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli ro`yxati tasdiqlandi.
Unga ko`ra:
1) Respublika yo`l jamg`armasi mablag`lari hisobidan umumiy hisobda 1 227,8 km uzunlikdagi avtomobil yo`llari, ko`priklar va yo`l o`tkazgichlarni qurish va rekonstruksiya qilish ko`zda tutilgan.
- 2015 yilda – 204,6 km;
- 2016 yilda – 257,8 km;
- 2017 yilda – 213,5 km;
- 2018 yilda – 277,9 km;
- 2019 yilda – 274,0 km.
2) Xalqaro moliya institutlari mablag`lari hisobidan avtomobil yo`llari qismlarini va undagi transport echimlari, ko`priklar va yo`l o`tkazgichlarning 1 172,5 km qismida qurilish va rekonstruksiya olib borilishi belgilangan.
- 2015 yilda – 156,5 km;
- 2016 yilda – 191,0 km;
- 2017 yilda – 258,0 km;
- 2018 yilda – 303,0 km;
- 2019 yilda – 264,0 km.
3) Respublika yo`l jamg`armasi va Jahon banki mablag`lari hisobidan ham 299,5 km uzunlikdagi yo`llarda qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilab berilgan bo`lib, bu miqdorni yillar kesimida quyidagicha amalga oshirish ko`zda tutilmoqda:
- 2015 yilda – 15,2 km;
- 2016 yilda – 64,1 km;
- 2017 yilda – 90,3 km;
- 2018 yilda – 71,9 km;
- 2019 yilda – 58,0 km dir.
Shuningdek, qarorda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini joriy ta`mirlash va saqlash maqsadlari uchun jami 993 dona jihozlar va yo`l-qurilish texnikalarini xarid qilish belgilab berilgan, deya xabar beradi uz24.uz nashri “O`zavtoyo`l” DAK axborot xizmati ma`lumotlari asosida.





