29 fevral kuni Janubiy Koreyada 813 kishida koronavirus borligi aniqlandi va bu bilan mamlakatdagi umumiy kasallanganlar soni 3150 kishiga etdi. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda.
Yangi kasallanganlarning 657 nafari virus o`chog`iga aylangan Degu shahrida aniqlangan bo`lsa, ulardan 79 nafari Shimoliy Gyeongang provinsiyasida tasdiqlangan.
Kasallanganlar soni bo`yicha Janubiy Koreya Xitoydan keyingi ikkinchi o`rinda turibdi. Bu mamlakatda 20 yanvar kuni birinchi bemorda koronavirus tasdiqlagandi. O`shandan beri har kuni rekord darajadagi infeksiyalangan aniqlanmoqda. Virus qurbonlari esa 17 kishiga etdi.
Hukumat aholini uydan ko`chaga chiqmaslikka chaqirgan. Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Kim Kang-lip brifingda: «Biz sizlardan shu hafta oxirida ommaviy tadbirlarda, jumladan, diniy yig`ilishlarda yoki norozilik namoyishlarida qatnashmasligingizni so`raymiz», dedi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, ushbu virusning pandemiyaga aylanish xavfi kuchaygan. Xitoyda 82 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirb oldi va ularning 2700 dan ko`pi halok bo`ldi. Xitoydan boshqa 46 mamlakatda 57 kishi ushbu epidemiya qurboniga aylangan.






