AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirus bilan og`rigan bemorlarning yarmidan ko`pi davo topdi

'Xitoyda koronavirus bilan og`rigan bemorlarning yarmidan ko`pi davo topdi'ning rasmi

Xitoyda SARS-CoV-2 turidagi koronavirus yuqtirganlarning yarmidan ko`pi tuzaldi, yana 33 ming kishi davolanmoqda. Bu haqda Xitoy sog`liqni saqlash davlat qo`mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mamlakatda jami 79 mingdan ortiq yangi virus infeksiyalari qayd etilgan, shu bilan birga 41 ming kishi muvaffaqiyatli davolangan. Yana 33 ming kishi davolanmoqda.

Eslatib o`tamiz, oldinroq, JSST koronavirusning COVID-19xalqaro tarqalish xavfini juda yuqori darajaga ko`tardi. Umuman olganda, dunyo bo`ylab 86,9 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ularning aksariyati Xitoyda yashaydi.

 

    Boshqa yangiliklar