AsosiyDunyo

Eronda parlamentning besh nafar deputati koronavirusga chalindi, bir deputat vafot etdi...

'Eronda parlamentning besh nafar deputati koronavirusga chalindi, bir deputat vafot etdi...'ning rasmi

Eron parlamentining 100 nafar a`zosi COVID-19 aniqlash uchun test topshirishgan, ularning 5 nafarida tahlil natijalar ijobiy chiqqan. Bu haqda Eron Qonunchilik prezidiumi raisi Asadullo Abbosiy ma`lum qildi. OAV tomonidan parlament deputatlaridan biri — Muhammad Ali Ramazoniy Dastak koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqagan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra Eronda 593 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 43 kishi esa vafot etgan.

Eron hukumat vakillari orasida koronavirus epidemiyasi sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Iraj Xarirchi kasallanganidan keyin boshlandi. Shundan so`ng Eron vise-prezidenti Ma`suma Ebtekarda ham koronavirusga chalingani aytilgandi.
 

Boshqa yangiliklar