AsosiyDunyo

Koronavirus ekologiya uchun foydali ekan...

'Koronavirus ekologiya uchun foydali ekan...'ning rasmi

Xitoyda tarqalgan koronavirus epidemiyasining foydali jihatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda NASA koinot agentligi. NASA ma`lumotlariga ko`ra Uxan shahri osmoni kutilmaganda juda toza ko`rinish olgan.

NASAning xabar qilishicha, garchi bu chora-tadbirlar iqtisodiy jihatdan zarar keltirgan bo`lsa-da, ekologik jihatdan juda katta foydaga sabab bo`lgan. “Biz birinchi bor atmosfera bu qadar toza ko`rinish olganiga guvoh bo`ldik — deyiladi NASA bayonotida.

Qayd etilishicha, avvaliga faqat Uxan shahri osmoni tozalana boshlagan. Keyinchalik atrofda ham karantin holati joriy etilgach, atmosferaga chiqayotgan zararli tutunlar 10-30 foizga kamaygan.

Eslatib o`tamiz, 2019 yilning dekabr oyida kasallik tarqagach, Xitoy hukumati karantin joriy etgan edi. Natijada ko`plab zavod va fabrikalar, ko`chada harakatlanayotgan transportlar faoliyati to`xtatildi.

Boshqa yangiliklar