Millionlab amerikaliklar epidemiya holatida tibbiy yordam olmaydilar. Ular ish joyida COVID-19 koronavirusi bilan kurashishlariga to`g`ri keladi, deb yozadi New York Times.
AQShdagi sug`urta tizimi shundayki, to`liq karantinni tashkil etishning iloji yo`q: u juda qimmat.
Amerika Qo`shma Shtatlari aholisining chorak qismi hatto pullik kasallik ta`tilini ololmaydilar. «Rossiya 24» telekanali xabariga ko`ra, 30 millionga yaqin odam esa tibbiy sug`urtadan umuman mahrum.






