Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh prezidenti Donald Trampning arab-isroil mojarosini tartibga solish to`g`risidagi rejasini butun musulmon olamiga qarshi jinoyat deb atadi. Bu haqda Ramzan Qodirov o`zining "VKontakte"dagi sahifasiga yozib qoldirdi.
Qodirovning aytishicha, u Falastin prezidentining maslahatchisi, oliy sudya Mahmud Al-Xabash bilan uchrashgan. Checheniston rahbarining so`zlariga ko`ra, ular musulmon mamlakatlaridagi mojarolar G`arb davlatlarining ishtiroki sabab yuzaga kelayotgani to`g`risidagi hamfikr bo`lgan.
"Uchrashuv davomida men xalqaro huquq normalarini qo`pol ravishda buzayotgan va butun musulmon olamiga qarshi jinoyat hisoblanuvchi ‘asr bitimi’ deb atalayotgan kelishuvni qoraladim", — deydi Ramzan Qodirov.






