AsosiyDunyo

Kecha Italiyada koronavirus 2000 dan ortiq insonga yuqdi

'Kecha Italiyada koronavirus 2000 dan ortiq insonga yuqdi'ning rasmi

2 mart kuni Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 52 kishiga etdi hamda virusni yuqtirib olganlar soni 2000 kishidan oshib ketdi. Bu haqda tarjumon.uz yozmoqda.

Italiyada 10 kun avval virus borligi tasdiqlangandi. Italiyaning moliyaviy poytaxti Milan yaqinida joylashgan Lombardiya eng ko`p zarar ko`rgan hudud bo`lib, bu erda hozirgacha koronavirusdan 38 kishi halok bo`ldi.

Italiyada jami 2,036 kishining koronavirus uchun tekshiruv natijalari ijobiy chiqqan. Kasallanganlardan 149 nafari tuzaldi, deya xabar beradi fuqaro muhofazasi agentligi.

«Bizni tinchlantiradigan narsa shuki, tekshiruvdan ijobiy natija bilan chiqqan 258 kishining 50 foizida hech qanday virus alomati yo`q», dedi agentlik rahbari Anjelo Borrelli jurnalistlarga.

Italiyada ushbu kasallik uchun hammasi bo`lib 23,345 kishi sinovdan o`tkazilgan. Lombardiya mintaqaviy hukumati 65 yoshdan oshgan odamlarni uydan ko`chaga chiqmaslikka chaqirgan. Ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, keksalar ushbu yuqumli kasallikka qarshi yaxshi himoyaga ega emaslar.

«Lombardiyada vafot etganlarning barchasi sog`lig`i yomonlashgan, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari bo`lgan 65 yoshdan oshgan odamlardir», – deydi mintaqaning ijtimoiy siyosat bo`yicha maslahatchisi Giulio Gallera.

    Boshqa yangiliklar