1

Torg.com endilikda OLX.uz ga aylanadi

Hi-tech 24.03.2015, 11:42
Torg.com endilikda OLX.uz ga aylanadi

2015 yilning 31 martidan e`tiboran Torg.com e`lonlar taxtasi OLX.uz deb qayta nomlanadi, va ushbu  muvaffaqiyatli onlayn-loyiha yangi OLX brendi ostida faoliyat yuritadi, deb yozadi Kun.uz nashri 12news.uz ma`lumotlariga tayanib.

Bu qayta nomlash faqatgina sayt nomi va logotipining o`zgarishini o`z ichiga oladi. Qolgan opsiyalar, umumiy dizayn, funksionallik va saytning mobil dasturlari avvalgidek tartibda ishlayveradi. Foydalanuvchilar avvalgidek xabarlar jo`natishlari, bloknotda e`lonlar saqlashlari va saytning barcha imkoniyatlaridan to`laqonli foydalana olishlari mumkin bo`ladi.

OLX.uz loyihasi rahbari Vyacheslav Kanning so`zlariga ko`ra, bu rebrendingdan (qayta nomlashdan) maqsad yurtimiz bozorida Torg.com erishgan barcha yutuqlar va muvaffaqiyatlarni saqlab qolishdan iborat. Bu esa har oy 2,5 mln foydalanuvchi deganidir. “Biz “Torg”dan faol foydalanib kelgan o`z auditoriyamizni saqlab qolmoqchimiz va bizning sayt 10 yildan ko`proq vaqt ichida erishgan ijobiy nufuzimizni mustahkamlamoqchimiz. Saytning keyingi rivojlanishi OLX brendi ostida davom etadi. Saytdan foydalanishda noqulaylik keltirib chiqaradigan hech qanday qo`shimcha narsalar amalga oshirilmaydi. Bizlar o`z shiorimizga sodiq qolamiz: “O`zbekiston aholisiga tez va oson mahsulotlarni sotish va sotib olish, ish va boshqa xizmatlarni topish orqali ularning hayotini yaxshilash”.

OLX e`lonlar onlayn-taxtasi xizmatini bepul taqdim qiluvchi jahonga mashhur xalqaro saytlar tarmog`i hisoblanadi. Bugungi kunda bu xalqaro tarmoqqa 40 dan ortiq davlat kiradi. Shu bilan birga har bir sayt faqatgina o`zi faoliyat yuritadigan mamlakat uchungina xizmatlarni taqdim qiladi. Rebrendingdan maqsad OLX brendining jahon miqyosida xalqaro ishtirokini mustahkamlash va kengaytirishdan iborat.

Butun dunyo bo`ylab 200 mlndan ortiqroq foydalanuvchilar OLX saytlariga tashrif buyuradi. OLX Portugaliya, Hindiston, Braziliya, Polsha, Ukraina, Bolgariya, Ruminiya va boshqa ko`plab davlatlar bozorida etakchi bepul e`lonlar sayti hisoblanadi.

2015 yil 31 martdan http://www.torg.com/ manzili bo`yicha murojaat qilgan barcha foydalanuvchilar avtomatik tarzda http://olx.uz/ manziliga jo`natiladi.

Ma`lumot uchun, OLX (onlineexchange) – internet-tadbirkorlar Fabris Grind va Alek Oksenford tomonidan asos solingan e`lonlar taxtasi brendi hisoblanadi. Hozirda OLX brendi Naspers xalqaro media- va dijital-kompaniyasiga egalik qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1