AsosiyMadaniyat

Xiva 2020 Turk dunyosi madaniyati poytaxti

'Xiva 2020 Turk dunyosi madaniyati poytaxti'ning rasmi

"Xiva 2020 Turk dunyosi madaniyati poytaxti" yili munosabati bilan TURKSOY xalqaro tashkiloti  hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida  30-31 mart kunlari Xiva shahrida katta tadbir o`tkazilmoqda.  

“Xiva 2020 yilda turkiy dunyo madaniyati poytaxti” yilining tantanali ochilish marosimi Xiva shahridagi "Ichan-qal`a" muzey qo`riqxonasi va Nurillaboy saroyi majmuasida o`tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirda ishtirok etish uchun YuNESKO, AYSESKO, MDH, ShHT kabi xalqaro tashkilotlari vakillari, olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, O`zbekiston va xorijiy san`atkorlar ishtirokida konsert dasturi, namoyish etiladi.  

Shu bilan birga, mehmonlar folklor, xalq ijodiyoti namunalari va milliy hunarmadchiligimiz hamda milliy taomlardan bahramand bo`lishadi.

    Boshqa yangiliklar