AsosiyShou-biznes

Yurtimizda Navro`z shukuhi davom etmoqda

Respublikamizning turli hududlaridan bayramga bag`ishlangan reportajlar kelib turibdi. Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on shahri pedagogika kolleji murabbiy va o`quvchilari ham Navro`z bayramini o`zgacha ko`tarinkilik va tayyorgarlik bilan kutib olishdi.

Navro`zga xos bezatilgan kollej hududida ertalabdan karnay-surnay navolari yangrab, milliy liboslari o`ziga yarashgan yigit-qizlar bilan gavjum bo`ldi.

Yigit-qizlar ijro etgan milliy o`yinlar, lapar va aytishuvlar, kelin salomlar bayramga yanada ko`rk baxsh etdi.

    Boshqa yangiliklar