“Azizlarim, men chindan ham katta va murakkab operasiyani boshimdan o`tkazdim va sizlarning duolaringiz sababli hayotga qaytdim. Ayni vaqtda o`zimni bir qadar bo`lsa-da, yaxshi his etayapman. Biroq to`liq tuzalishim uchun vatanimdan va siz azizlardan yiroqda bo`lishimga to`g`ri keladi. Men hamisha sizga, vatanim va millatimga xizmat qilishga shayman. Yaqin kunlarda va nasib bo`lsa yaqin kelajakda sizlarning xizmatingizda bo`laman, azizlarim. Shu bilan birga Fransiyadagi aviahalokatda halok bo`lganlarga Allohdan rahmat tilayman. Mendan duolaringizni darig` tutmang. Xurmat bilan Ibrohim Totlisas” deb yozadi Ibrohim Totlisas Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o`tamiz, Eslatib o`tamiz, 2011 yili uning miyasiga noma`lum shaxs tomonidan uzilgan o`q tufayli qo`shiqchi tanasining tepa chap qismi falaj bo`lib qolgandi.
2015 yilning fevral oyi boshlarida Turkiyaning dunyoga mashxur xonandasi Ibrohim Totlisasning AQShning Mayami shtatiga jarrohlik amaliyoti uchun jo`nab ketgandi.
Ibrohim Totlisasning salomat ekani haqidagi xabar barchani quvontirdi. Fursatdan foydalanib, uning ijodidagi eng xit qo`shiqlaridan birini e`tiboringizga havola etamiz.





