Gruziyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar to`rt nafarga etgan. Bu haqda Kasalliklarni nazorat qilish milliy markazi bosh direktori Amiran Gamkrelidzening bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, kasallar 1 mart, yakshanba kuni mamlakatga Italiyadan qaytib kelishgan.
Avvalroq OAV Gruziya kasalxonalarida koronavirus infeksiyasining alomatlari bo`lgan 40 ga yaqin odam borligini xabar qilgandi.
Shuningdek, Belarusda koronavirus infeksiyasining yana ikkita holati tasdiqlandi, deb xabar berdi mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi.
Seshanba kuni kechqurun Belarusda to`rtinchi odam koronavirus yuqtirganligi haqida xabar berilgandi. Keyin bo`lim matbuot xizmati tibbiy nazorat ostida bo`lgan yana ikki bemorda koronavirus ehtimoli haqida ma`lum qildi. Ularning tahlillari oxir-oqibat ijobiy natija berdi.
Minskda infeksiyasi to`rt, Vitebsk viloyatida ikkita insonga yuqqan.






