Indoneziya hukumati koronovirusni yuqtirgan bemorlarni odam yashamaydigan Galang oroliga joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Indoneziyada ikki kishi koronovirusni yuqtirgani ma`lum qilingan edi. Qurolli kuchlar qo`mondoni Xadi Tyadjanto so`zlariga ko`ra, Galang orolida 1979-1996 yillarda Vetnamdan kelgan qochoqlar uchun lager sifatida foydalanilgan shifoxona bo`lib, u erda bir nechta binolar saqlanib qolgan. Gospital karantin markazi vazifasini ham bajarishi mumkin.






