AsosiyJamiyat

Tog`-kon sanoati sohasida - yangilik!

Karer-ruda, qum, quruvchilik toshlari va foydali qazilmalarni qazib olishda xizmat qiluvchi muhim ekspulasion qurilma. Uning chuqurligi uncha chuqur bo`lmaydi (masalan, shag`al va  h.k) yoki nisbatan ko`proq (magnit rudasi qazib olishda) 400-600m.gacha bo`ladi. Navoiy kon - metallurgiya kombinati xodimlari tomonidan karerdan toshli kon massasini tashish qurilmasinig modeli ixtiro qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar beradi.

Ushbu foydali modelning vazifasi konveerli transportni o`rnatish bo`yicha tog`-asosiy ishlarini kamaytirish, karer borti ish zonasini oshirish, navbatdagi yuklashgacha konveerning bitta yurishida ko`tarilish balandligini oshirish, karerdan tog` massasini chiqarib olish uchun ketadigan energiya sarfini kamaytirishdan iborat.

V.I.Shelepov, O.N.Malgin, E.D.Larionov, L.A.Xutiev, F.A.Kravchenko, S.S.Kolomnikov, S.V.Lunin, K.Sanakulov, N.P.Snitka, N.E.Lakkay va P.A.Shemetov - hammulliflar jamoasiga mazkur ixtiro uchun № FAP 00989 raqamli patent berildi.

    Boshqa yangiliklar