AsosiyDunyo

Singapurda Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi

'Singapurda Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Singapur hukumati 3 mart kuni Turkish Airlines’ning TK54 reysi bilan Istanbuldan uchib kelgan yo`lovchilardan birida koronavirus aniqlanganini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi ma`lumotlariga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bergan.

Qayd etilishicha, bemor bilan aloqada bo`lgan boshqa yo`lovchilar ham nazoratga olingan. Hozirga qadar Turkiyada koronavirus aniqlanmadi. Singapurda esa 100 dan ortiq kishi virusni yuqtirib olgan. «Singapur sog`liqni saqlash vazirligi 4 mart kuni kechqurun Turkiyadan uchib kelgan yo`lovchida COVID-19 koronavirusi aniqlanganini tasdiqladi», — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 4 mart kuni Istanbulga uchishi kerak bo`lgan TK55 reysi belgilangan vaqtda parvozni amalga oshirmagan. Singapur transport vazirligi, fuqaro aviasiyasi boshqarmasi va aeroport hukumati aviakompaniya va yo`lovchilar bilan doimiy aloqada ekanligi aytilmoqda.

Xitoyda 4 mart holatiga ko`ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etdi. Mamlakat hududida ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni 3 mingdan oshib ketdi.

    Boshqa yangiliklar