AsosiyDunyo

Sankt-Peterburgda koronavirus sabab universitetning 700 nafardan ortiq talabasi karantinga olindi

'Sankt-Peterburgda koronavirus sabab universitetning 700 nafardan ortiq talabasi karantinga olindi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mechnikov nomidagi davlat shimoli-g`arbiy tibbiyot universitetining 700 nafardan ortiq talabasi karantinga olindi. Bunga italiyalik talabada koronavirus kuzatilgani sabab bo`lgan, deb yozmoqda «RBK»ga tayanib “Daryo”.

Universitet ilm-fan va innovasion faoliyat masalalari bo`yicha prorektori Aleksey Silinning so`zlariga ko`ra, talabaning isitmasi ko`tarilgach, ma`muriyat tezkor choralarni ko`rgan va u Botkin nomidagi kasalxonaga o`tkazilgan.

«Shundan keyin ‘Rosbotrebnadzor’ karantin chora-tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha ko`rsatma berdi va biz kechadan boshlab barcha ishlarni amalga oshirdik. Karantinga olingan hudud ichkarisiga odamlar kiritilmayapti», — degan prorektor.

Shunindek, Botkin kasalxonasiga yuborilgan italiyalik talaba bilan birga yotoqxonada yashagan boshqa yoshlar ham karantinga olingan. Prorektorning «Interfaks» agentligiga ma`lum qilishicha, talabalar yotoqxonada yashaydiganlar smenalardan qaytgan va ularning karantinga olinishi muvofiqlashtirib borilmoqda. Silinning aytishicha, bu OTMda o`qiydiganlarning 20 foiz qismini tashkil qiladi.

«Rospotrebnadzor» garchi xorijlik talaba darslarda ishtirok etmagan bo`lsa ham, uning boshqalar bilan muloqotda bo`lganini taxmin qilgan.

Rikardo ismli talaba 29 fevralda Sankt-Peterburgga kelgan. Aeroportda uning tana harorati o`lchanganida hammasi me`yorda ekani ma`lum bo`lgan. Talabadagi kasallik alomatlari oradan bir nech kun o`tgach ko`zga tashlangan, shundan so`ng nafaqat u, balki uni kutib olgan boshqa talabalar ham kasalxonaga olib ketib tekshirilgan. Ularda ham virus kuzatilmagan.

Italiya fuqarosidagi kasallik koronavirusning engil formasi hisoblanadi.

Italiyaning Rossiyadagi bosh konsulligi Sankt-Peterburgdagi fuqaroda koronavirus kuzatilganini rasman tasdiqlagan.

«Ayni vaqtda ushbu hodisa bemorning sog`lig`iga xavf solayotgani yo`q va u maxsus muassasada karantinga olingan. Maxfiylikni ta`minlash maqsadida bu borada batafsil ma`lumot bera olmaymiz», — deyilgan konsullik ma`lumotida.

Rossiyada koronavirus bilan kasallanishning ilk holatlari yanvar oxirida Tyumen viloyati va Baykalorti o`lkasida kuzatilgan, ikkala bemor ham Xitoy fuqarolari bo`lgandi. Fevral oxirida Diamond Princess kruiz laynerida uch nafar rossiyalikda koronavirus kuzatilgan. Yana bir holat 2 mart kuni Italiyadan qaytgan rossiyalikda qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar