Eron hukumati CoViD-19 ning tarqalishi sababli barcha maktab va universitetlarni yopishga qaror qildi. Bu haqda IRIB telekompaniyasi xabar bergan.
O`quvchilar va talabalar bir oy davomida ta`lim muassasalariga kelmaydi.
Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlar soni 3513 kishiga etgan. Kasallik sabab 107 kishi vafot etgan.






