Qobulda bosh vazir Abdulla Abdulla mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiy ishtirokidagi tadbirda noma`lum shaxslar tomonidan qurolli hujum uyushtirildi. Ichki ishlar vazirligi vakilining aytishicha, hujum Bosh vazirga qaratilgan bo`lgan.
Bosh vazirning vakili Mujiburahman Rahimiy RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Abdulla Abdulla hujumda jabrlanmaganini aytdi. Lekin, boshqa 2 kishi halok bo`ldi va yana o`n sakkiz kishi jarohatlandi.
Xabar qilinishicha, jabrlanganlarning barchasi kasalxonalarga yotqizilgan. Ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiyning so`zlariga ko`ra, xavfsizlik xizmati hujum sodir bo`lgan hududni o`z nazoratiga olgan.
Tolibon hujumga aloqadorligini rad etdi.