Toshkentda umumta`lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari o`rtasida “Biz 12 yillik majburiy ta`lim tarafdorimiz” mavzuidagi haftalikning yakuniy bosqichi bo`lib o`tdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig`ini yoshlar tashkil etadi. Haftalik doirasida joylarda ko`plab targ`ibot tadbirlari o`tkazilib, ularga 1 million 280 mingdan ortiq o`quvchi qamrab olindi.
Mazkur tadbirda haftalikning yakuniy xulosalari umumlashtirilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Bu haqda uz24.uz O`zA ma`lumotlari asosida xabar bermoqda.





