1

2021 yil 1 yanvardan boshlab O`zbekistonda biometrik pasport o`rniga ID-karta beriladi

Jamiyat 07.03.2020, 22:44
2021 yil 1 yanvardan boshlab O`zbekistonda biometrik pasport o`rniga ID-karta beriladi

Vazirlar Mahkamasi kecha, 6 mart kuni «O`zbekiston Respublikasida identifikasiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni qabul qildi, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Unga ko`ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha yangi tug`ilgan chaqaloqlarga, O`zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga va O`zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o`rniga 10 yil muddatga hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikasiya ID-kartasi beriladi.

ID-kartalar faqat O`zbekiston hududida amal qiladi. Chet elga chiqish uchun O`zbekiston fuqarosining chet elga chiqish uchun biometrik («zagranpasport») pasporti beriladi.

ID-kartalarni berish tizimli ravishda 2021 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha mamlakat aholisi uchun qo`shimcha yuklamasiz amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 2011 yildagi O`zbekiston fuqarosining ilgari berilgan biometrik pasportlarini, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining yashash uchun ruxsatnomalarini almashtirish ularning egalarining iltimosiga binoan muddati tugagandan yoki muddatidan oldin amalga oshiriladi.

2030 yil 1 yanvardan boshlab 2011 yildagi O`zbekiston fuqarosining biometrik pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Ma`lum qilinishicha, ID-kartalarni berish tizimiga o`tish rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.

«Bu fuqarolarni raqamli identifikasiya qilish tizimini joriy etishni jadallashtiradi, fuqarolarning birlamchi ma`lumotlarini O`zbekiston vazirlik va idoralarining axborot tizimlariga integrasiyalash jarayonini avtomatlashtiradi, aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish jarayonini osonlashtiradi va optimallashtiradi», deyilgan IIV xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1