1

Fermerlarga yoqilg`i tarqatish shoxobchalari mavsumga tayyorlanmoqda

Jamiyat 08.03.2020, 12:04
Fermerlarga yoqilg`i tarqatish shoxobchalari mavsumga tayyorlanmoqda

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`i bilan “Fermerlarga yoqilg`i tarqatish shoxobchalar”ining texnik va sanitariya holatini yaxshilash, tashqi ko`rinishini talab darajasiga keltirish yuzasidan amaliy natijalarga erishilmoqda. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, “Paxta neft bazasi” MChJga qarashli Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 27-sonli “Fermerlarga yoqilg`i tarqatish shoxobchalar” (FYoTSh)da qayta ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda xizmat ko`rsatishdagi holati to`liq o`zgartirildi.

Berilgan ma`lumotga ko`ra, “Paxta neft bazasi” MChJ tomonidan davlat ehtiyoji uchun paxta xom ashyosi va g`alla etishtiruvchi dehqon-fermer xo`jaliklariga 12 ta FYoTSh orqali Chinoz, Yangiyo`l, Oqqo`rg`on, Quyichirchiq, Zangiota va Toshkent tumanlarida joylashgan 3012 ta fermerga hamda 3ta tumanda joylashgan “Agroklaster”larga dizel yonilg`isini, ularning ehtiyojlariga asosan uzluksiz etkazib bermoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1