1

Tahlillarga ko`ra, qurilishda ishlatiladigan ayrim metall mahsulotlari belgilangan me`yorlarga javob bermaydi

Jamiyat 08.03.2020, 12:11
Tahlillarga ko`ra, qurilishda ishlatiladigan ayrim metall mahsulotlari belgilangan me`yorlarga javob bermaydi

Qurilishda ishlatilayotgan barcha mahsulotlarning sifati xalqaro me`yorlarga to`liq javob beradimi, bozorlarda sotilayotgan metall mahsulotlari tegishli sertifikatlarga egami?

“O`zstandart” agentligi O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlarining tahlili o`tkazildi. Bu haqda federasiyaning bo`lim boshlig`i sherali Sattarov darakchi.uz ga ma`lumot berdi.

Ming afsuski, o`tkazilgan sinovlar natijasida 5 turdagi armaturadan 4 tasi hamda 2 turdagi ugolnik mahsulotlari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga muvofiq emasligi aniqlandi.  

Ma`lumot uchun: Sinovdan o`tkazilgan armatura mahsulotlari Qozog`iston va Qirg`iziston davlatlaridan keltirilgan.  

O`rganish natijalariga asosan metall mahsulotlarining sertifikatlashtirish idoralariga ogohlantirish xatlari yuborildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1