1

TIV: Eronda qolib ketgan o`zbek haydovchilari vatanga qaytishni rad etishdi

Jamiyat 08.03.2020, 12:37
TIV: Eronda qolib ketgan o`zbek haydovchilari vatanga qaytishni rad etishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkmaniston va Eron o`rtasidagi chegara yopilishi sababli “Lutfobod” va “Saraxs” chegara nazorat-o`tkazish punktlarida qolib ketgan o`zbekistonlik haydovchilarning murojaati  tarqalgan edi. 

Tashqi ishlar vazirligining ma`lumotiga ko`ra, 7-mart kuni mamlakatimizning Tehron shahridagi elchixonasi COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o`rtasidagi chegara yopilganligini, shu sababli 700 ga yaqin haydovchi, jumladan 11 nafar o`zbekistonlik haydovchi ekanligini tasdiqlagan. 

Elchixonaning konsullik bo`limi 23-fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo`lib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishdi.

O`zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi Elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1