1

8-martga o`tar kechasi Parkent tumani dehqon bozori yonib ketdi

Jamiyat 08.03.2020, 12:41
8-martga o`tar kechasi Parkent tumani dehqon bozori yonib ketdi

7 martdan 8 martga o`tar kechasi soat taxminan 23:30 atrofida Parkent tumani dehqon bozorida yong`in chiqqan.

Dastlabki xulosalarga ko`ra, yong`inning kelib chiqishiga elektr energiyasidan noto`g`ri foydalanish sabab bo`lgan. Halok bo`lganlar, jarohatlanganlar yo`q.

Voqea joyiga kecha tunda viloyat hokimi Rustam Xolmatov bordi va yong`in sabablarini chuqur o`rganish, oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha mutasaddilarga ko`rsatmalar berdi.

Ayni paytda yong`in to`la o`chirilgan, hududda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, IIBB, tuman hokimligi mutasaddilari bo`lib turishibdi. Yong`in-qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1