1

Qarshida uyning narxini asossiz oshirgan MChJdan bosh to`lovga qo`shib ma`naviy zarar ham undirib olindi

Jamiyat 08.03.2020, 13:12
Qarshida uyning narxini asossiz oshirgan MChJdan bosh to`lovga qo`shib ma`naviy zarar ham undirib olindi

 O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga Qarshi shaharda yashovchi fuqaro Sabit Boysariyevdan yangi uy joy uchun to`lov narxni asossiz oshirgan "Shovot Maxsus bino qurilish" MChJ ustidan murojaat xati kelib tushgan. Bu haqda federasiyaning bo`lim boshlig`i Sherali Sattarov darakchi.uz ga xabar berdi.

Unga ko`ra, fuqaro "Shovot Maxsus bino qurilish" MChJ bilan o`zaro uy sotib olish bo`yicha shartnoma imzolagan. Ammo tadbirkor shartnomani rasmiylashtirmagan va g`ayriqonuniylik bilan uyning narxini asossiz oshirib yuborgan. Bu holatdan norozi bo`lgan fuqaro haqqini talab qilib, tegishli joyga ariza yozishga qaror qilgan. 

Bu holat bo`yicha Federasiya fuqaro ariza asosida iste`molchi nomidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritib, sudning hal qiluv qarori bilan fuqaro hisobiga uy uchun to`langan boshlang`ich 30.550 mln so`m, ma`naviy zarar uchun esa 10 110 795 so`m jami 40 660 795 so`m undirib berdi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1