Kecha, 25 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Evropa Ittifoqi delegasiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk, Germaniya Federativ respublikasi, Italiya respublikasi, Fransiya respublikasining Favqulodda va muxtor elchilari Naythart Hofer-Vissing, Rikkardo Manara, Jak-Anri Els hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi elchisi o`rinbosari Fiona Makston bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV matbuot xazmati xabar beradi.
Suhbat chog`ida BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha hadli konvensiyasiga a`zo davlatlar Konferensiyasining 2015 yil 30 noyabr – 11dekabr kunlari Parij shahrida bo`lib o`tadigan 21-sessiyasini o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.





