1

Abu-Dabi, Dubay, Sharjadan O`zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi

Jamiyat 08.03.2020, 15:32
Teglar: aviaqatnov, turizm
Abu-Dabi, Dubay, Sharjadan O`zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi

Yaqinda BAAning Dubay shahrida ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar o`rtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi hamda BAA aviasiya ma`muriyati o`rtasida maslahatlashuvlar bo`lib o`tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Muzokaralar davomida tomonlar O`zbekiston va BAA o`rtasidagi shartnomaviy yo`nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo`nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yo`nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qildi.

O`zbekiston Respublikasi va BAA shaharlari o`rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida Tomonlar amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O`zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo`yicha kelishuvga erishdilar.

Muzokaralar yakunida ikkala Tomon ham davlatlar o`rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli Bayonnomani imzoladi.

Bo`lib o`tgan muzokaralar natijalari, shubhasiz, O`zbekiston Respublikasi va BAA o`rtasida iqtisodiyot, madaniyat, sayyohlik va transport sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1