1

Jizzaxda 22 yoshli ayol egizak chaqaloqlarini dalaga tashlab ketdi

Jamiyat 08.03.2020, 16:19
Teglar: Jizzax, egizak
Jizzaxda 22 yoshli ayol egizak chaqaloqlarini dalaga tashlab ketdi

Jizzax viloyati Do`stlik tumanining “Manas” qishloq fuqarolar yig`inidagi ochiq daladan egizak chaqaloqlar jasadi topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabari asosida sof.uz ma`lum qildi.

Xabarda yozilishicha, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 46 yoshli O`.R. “Oqoltin ostonasi ko`rki” fermer xo`jaligi hududidagi beton ariq yonidan sumka ichida qora rangli polietilen paketga solingan egizak o`g`il chaqaloqlarni o`lik holda topib olgan. So`ngra  hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchisiga xabar qilgan.

“Ekspertiza xulosasiga ko`ra chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo`lib tug`ilgan”, - deyilgan xabarda.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida topilgan chaqaloqlarni o`sha erda istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 22 yoshli X.G. dunyoga keltirib, tashlab ketgani aniqlangan.

Hozirda surishtiruv olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1