1

Toshkent markazida bayram sharafiga havo shari ko`tarildi (foto)

Jamiyat 09.03.2020, 07:20
Toshkent markazida bayram sharafiga havo shari ko`tarildi (foto)

8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kunida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, uning huzuridagi Jamoatchilik kengashi O`zbekiston Aeronavtika federasiyasi bilan hamkorlikda yurtimiz ayollarini noan`anaviy tarzda bayram bilan qutladi

Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ayol xodimlar, ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Aeronavtika federasiyasi tomonidan tashkil etilgan tanlov g`olibalari hamda yurtimiz mehmonlari aerostatda havoga ko`tarildi. 

“Bugun juda ajoyib sana – 8-Mart! Shu bois biz Amir Temur xiyobonida latofatli ayollarimiz uchun havo shari parvozini amalga oshiryapmiz. Ko`rib turganingizdek, bu joyga ko`plab xotin-qizlarimiz to`planishdi. Havo sharining osmonga parvozini kuzatayotgan barcha yurtdoshlarimizning bayram shukuhini his qilib, kayfiyatlari ko`tarilganini ko`rishdan juda xursandmiz. Barcha ayollarimizni ushbu go`zal bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilaymiz!”, - dedi O`zbekiston Aeronavtika federasiyasi raisi Tohir Soliev. 

Qayd etish joizki, poytaxt markazidagi bayram tadbiriga yurtimiz mehmonlari ham tashrif buyurib, ular ham aerostatda parvoz qilishga taklif qilindi. Jumladan, qozog`istonlik Aliya Ospanova bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bir umr uning yodida muhrlanib qolishini ta`kidladi:

“Bugunga kelib O`zbekiston nafaqat eng yaxshi turistik yo`nalish, balki bayram ta`tillarini o`tkazish uchun ham eng munosib mamlakatga aylandi. Havo sharida parvoz qilish bu faqat 8-Mart kuni Toshkentda amalga oshishi mumkin bo`lgan orzudir! Ushbu bayram kunim bir umr yodimda qoladigan bo`ldi, betakror taassurotlar uchun rahmat, O`zbekiston!” 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1