1

Prezident shaxsan tabriklagan Lola Muratova: “Go`shakni qo`ygach, ko`zimga yosh keldi”

Jamiyat 09.03.2020, 07:30
Prezident shaxsan tabriklagan Lola Muratova: “Go`shakni qo`ygach, ko`zimga yosh keldi”

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoev 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O`zbekiston qahramoni, Oliy Majlis senati a`zosi, farg`onalik fermer ayol Lola Muratovani telefon qilib, bayram bilan shaxsan tabriklagan edi. Shundan so`ng, ushbu e`tibordan boshi osmonga etgan Lola opa yuragidagi kechinmalari bilan bo`lishdi:

Hozir davolanishdaman.Bunday holatda do`stu birodarlar, yaqinlar xolingizdan xabar olishadi. Bu turgan gap. Lekin bu galgisi bir umr esda qoladigan bo`ldi. Kecha kutilmaganda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich telefon qilib bayram bilan qutladi. Yashirmayman, ongu shuurimni biroz hayajon bosdi. Hol so`radi,bayram bilan tabriklab, kuch-quvvat, sihat-salomatlik tiladi. Biroz samimiy suhbat qurdik. Davlat rahbarining topshirig`i bilan, shu kuni Oliy Majlis Senatining raisi Tanzila Norboeva Farg`onaga tashrif buyurib Prezidentimizning bayram sovg`alarini topshirishi butun farg`onalik ayollar uchun sharafdir.

Bilasizmi, haqiqiy insongina o`zligini,ma`naviy qiyofasini saqlab qola oladi. Prezidentimiz mana shunday kichik ko`ngil, shijoatli va inson qadr qimmatini,uning mehnatlarini to`g`ri baholay oladigan, qadrlaydigan inson. Bunga men suhbatdan so`ng yana bir karra amin bo`ldim. Kimdir jonim fido, senga Vatanim, deya xitob qilarkan, ortida oilasi, jigarbandlari uning suyanchiqlari turganini biladi va u shu omildan kuch-quvvat oladi. Prezidentimiz shu xalqdan, uning ishonchidan kuch oladi.

Go`shakni qo`ygach, ko`zimga beixtiyor quvonch yoshi keldi. Ko`p yillik mehnatlarim besamar ketmaganligini,havolarga uchmaganini,balki o`zbek ayollari ham qadr qimmat topayotganini yanada chuqurroq idrok qildim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1