1

Qashqadaryoda 53 yoshli erkak jiyanining 3 yoshli qizini 2 mln so`mga sotmoqchi bo`ldi

Jamiyat 09.03.2020, 08:20
Qashqadaryoda 53 yoshli erkak jiyanining 3 yoshli qizini 2 mln so`mga sotmoqchi bo`ldi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi 53 yoshli Sh.T. jiyanining 3 yoshli qizini sotayotgan paytida qo`lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar qildi.

Aniqlanishicha, 3 mart kuni, dehqonobodlik Sh.T. G`uzor tumanining «Buyuk karvon yo`li» mahallasida yashovchi jiyani J.U.ning 3 yoshli qizi J.Yu.ni Qarshi shahrida yashovchi farzandsiz ayolga 2 million so`mga sotishga uringan. G`uzor tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir paytida u qo`lga olingan. 

Ma`lum qilinishicha, G`uzor tumani IIB tergov bo`limi xodimlari 3 yoshli bolaning onasi J.U. Sh.T.ning jinoiy qilmishiga sherik bo`lgani yoki unga qarshilik ko`rsatgani bo`yicha tekshiruv boshlangan. 

Sh.T.ga ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasi qo`llanilgan. Unga nisbatan tuman IIB tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (o`n sakkiz yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsni sotish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1