1

O`zbekistondagi qamoqxonalardan 50 metr masofada ob`ektlar qurish taqiqlandi

Jamiyat 09.03.2020, 08:50
O`zbekistondagi qamoqxonalardan 50 metr masofada ob`ektlar qurish taqiqlandi

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta`minlash bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilanOzodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi: 

•  jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi; 

•  tarbiya koloniyalari;

•  turmalar; 

•  mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.

Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada ma`muriy, maishiy, xo`jalik bino va inshootlari qurilishi uchun er uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori bo`lgan bino va inshootlar qurilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Shuningdek, qaror bilan 2020–2024 yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga o`tkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 

Mazkur dasturga ko`ra, belgilangan yillarda 14 ta jazoni ijro etish koloniyasining jami 60 ta yashash yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o`zgartirish yo`li bilan rekonstruksiya qilinadi. 3 ta yangi bino quriladi.

Bundan tashqari, 2020 yilda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarini videokuzatuv moslamalari va shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlash hamda Probasiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish dasturi tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) o`rnatiladi. 

Shuningdek, Probasiya xizmati amaliyotiga joriy yilda 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi.

Ichki ishlar vazirligi ob`ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qo`riqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish bo`yicha buyurtmachi hisoblanadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1