1

Oliy harbiy o`quv yurtlariga kirishda qo`shimcha ball olish imkoniyati paydo bo`lishi mumkin

Jamiyat 09.03.2020, 09:26
Oliy harbiy o`quv yurtlariga kirishda qo`shimcha ball olish imkoniyati paydo bo`lishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O`zbekiston Respublikasining bolalar va o`smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkilotini tuzish konsepsiyasi» loyihasi joylashtirildi.  

Hujjat loyihasi bilan, respublikaning barcha hududlarida ixtiyoriylik va tenghuquqlilik tamoyillarga asoslangan ko`ngilli nodavlat va notijorat jamoat bolalar va o`smirlar tashkiloti tuzilishi belgilanmoqda.

Otryadlarga ixtiyoriy ravishda 10-11 sinf o`quvchi-yigitlari a`zo bo`lishi mumkin. Tashkilot vatanparvarlik, ekologik va ko`ngillilar yo`nalishlari bo`yicha faoliyat ko`rsatadi.

Qayd etilishicha, umumta`lim maktablarini ijobiy baholar bilan tamomlagan va faol faoliyat yuritayotgan tashkilot a`zolariga tashkilotning tuman/shahar shtablari rahbarlari tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi. Ushbu tavsiyanoma egalari respublika oliy harbiy o`quv yurtlariga kirish test sinovlari natijalariga muvofiq to`plagan ballarining 5 foizi miqdoridagi qo`shimcha ballga ega bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1