1

20 yashar qizni Turkiyaga fohishalik uchun yuborayotgan ayol Toshkent aeroportida qo`lga olindi

Jamiyat 09.03.2020, 10:25
20 yashar qizni Turkiyaga fohishalik uchun yuborayotgan ayol Toshkent aeroportida qo`lga olindi

20 yashar qizni Turkiya Respublikasiga fohishalik uchun jo`natayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Departamentning Farg`ona shahar bo`limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda 1982 yilda tug`ilgan fuqaro N.X. Turkiya Respublikasida yashovchi “Kadir” ismli tanishi bilan oldindan til biriktirib, 1999 yilda tug`ilgan fuqaro N.A. ni Turkiya Respublikasiga fohishalik qilishi uchun Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent-Istanbul” avia yo`nalishi orqali jo`natayotgan vaqtida ushlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1