1

Bugun O`zbekistonning buyuk shoiri olamdan o`tdi

Jamiyat 09.03.2020, 10:57
Bugun O`zbekistonning buyuk shoiri olamdan o`tdi

Bugun –  9 mart kuni O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun olamdan o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lumot o`rnida:

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma tog`lari etagiga joylashgan Quduqcha qishlog`ida tug`ilgan. Nakurt qishlog`ida Suyun bobosi tarbiyasida o`sib, ulg`aydi. Uning otasi Olim savodxon bo`lganiga qaramay, «quloq»ning` o`g`li bo`lgani uchun qo`liga cho`ponlik tayog`ini olishga majbur bo`lgan. Jurnalistika fakultetini bitirgan. G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, O`zbekiston Davlat matbuot qo`mitasi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Xalq so`zi», «O`zbekiston ovozi»  gazetalarida «Guliston»  jurnalida faoliyat yuritgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi noibi va Jahon Madaniyat va san`at akademiyasi a`zosi edi.

Shu paytgacha o`zbek tilida nashr etilgan to`plamlari:

1. «Mening osmonim» - 1978.  

2. «Zarb» - 1979.

3. «Zamin taqdiri» - 1981.

4. «Xayolot» - 1984.

5. «Ziyo yo`li» - 1986.  

6. «Jazo» - 1987.

7. «Olis tonglar» - 1989.

8. «Kuyganim - suyganim» - 1994.

9. «Qora ko`zing sening» - 1994.

10. «Sarbadorlar» - 1994. »

 Uyushma jamoasi nomidan u kishining oilasi va yaqinlariga ta`ziya bildiramiz. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1