2020-yil 7-8-mart kunlari internet tarmoqlarda 2 qismli "QAShQADARYoDA PARDA UChUN PROTOKOL TUZILDI. MAShINA JARIMA MAYDONChASIGA KETDI... 1-QISM" va "PARDA UChUN PROTOKOL... MAShINA ShTRAFNOYGA KETDI.. (DAVOMI)" sarlavhali videotasvirlar tarqalgan edi.
Qashqadaryo IIB Matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan olib borilgan tekshirishlar natijasida, 2020 yil 24 yanvar kuni viloyat YPX inspektori kichik serjant M.Baxriddinov jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, yo`l harakat xavfsizligini ta`minlash, yo`l transport xodisalarini oldini olish va spirtli ichimlik istemol qilib og`ir oqibatli kungilsiz holatlargani sodir etilishining oldini olish bo`yicha qoidabuzar haydovchilarni aniqlash maqsadida Koson shahri hududi bo`ylab xizmatga jalb qilingan.
Ayni paytda fuqaro O.Abdullaev YPX inspektori kichik serjant M.Baxriddinov bilan bo`lgan muloqot yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o`tkazilmoqda.