AsosiyJamiyat

ID-karta olish uchun davlat boji miqdori ma`lum bo`ldi

'ID-karta olish uchun davlat boji miqdori ma`lum bo`ldi'ning rasmi

D-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi. O`zbekistonda identifikasiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida hukumat qarori qabul qilindi. Belgilab qo`yilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug`ilgan bolaga, O`zbekiston fuqarosiga, O`zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo`lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikasiya ID-kartasi beriladi. 

 

ID-karta uning egasining shaxsini, fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va O`zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi. ID-karta u berilgan vaqtdan boshlab 10 yil muddatga beriladi;

Shuningdek, hujjatda ID-karta olish uchun qancha pul to`lash kerakligi ham aytilgan. 

Qayd etilishicha, ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi. Ya`ni - 198 470 so`m.

Bildirilishicha, O`zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo`lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo`lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar