Haydovchining yo`l belgilari va yo`l chiziqlariga amal qilmasligi og`ir oqibatni yuzaga keltirdi.
Joriy yilning 8 mart kuni soat 23:30 larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani hududidan o`tgan 4R35 avtomobil yo`li, “Gagarin-Jizzax” yunalishining 11 km.da, ushbu tumanda yashovchi S.X. “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo`l belgilari va yo`l chiziqlariga amal qilmasligi oqibatida yo`lning o`ng tomonida velosipedda harakatlanayotgan fuqaro K.J.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, fuqaro K.J. tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.






