AsosiyDunyo

Qirg`izistonda Rossiya elchixonasida bomba bor, deb yolg`on xabar bergan ayolga jinoiy ish qo`zg`atildi

'Qirg`izistonda Rossiya elchixonasida bomba bor, deb yolg`on xabar bergan ayolga jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Qirg`izistonda ayol kishi Rossiya elchixonasining konsullik qismida bomba borligi haqida xabar berdi. Favqulodda tekshiruvda hech narsa topilmagach maxsus xizmatlar yolg`on xabar bergan ayolni qo`lga olishdi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Davlat milliy xavfsizlik qo`mitasi (DMXQ) matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Rossiya elchixonasida "bomba borligi" haqidagi axborot 6 mart kuni olingan. Voqea joyiga etib kelgan mutaxassislar hududni ko`zdan kechirib, diplomatik vakolatxona xodimlarini evakuasiya qilishgan, ammo hech narsa topilmagan.

Shundan so`ng ular noma`lum manbadan xabar bergan ayolni izlab topdi. Bu 1974 yilda tug`ilgan Qirg`iziston fuqarosi ekanligi, uning bezorilik niyatida anonim xabar jo`natgani ma`lum bo`ldi.

Ayni paytda unga nisbatan terrorchilik akti to`g`risida yolg`on xabar berganlik bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Bu modda bilan ayol 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Boshqa yangiliklar