1

SSV: Dunyoga taniqli ekspert O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olishda yordamlashmoqda

Jamiyat 09.03.2020, 20:28
SSV: Dunyoga taniqli ekspert O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olishda yordamlashmoqda

Dunyoning taniqli eksperti, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda yordamlashmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mixail Favorov Xalqaro vaksina instituti bosh direktorining o`rinbosari sifatida dunyoda turli infeksiyali kasalliklar, jumladan, papilloma virusi, vabo, gripp, pnevmokokk va meningokok kabi qator og`ir turdagi yuqumli infeksiyalarning oldini olish, profilaktikasi, tashxisi va uni zamonaviy davolash usullarini qo`llash borasida katta tajirab ega taniqli mutaxassis hisoblanadi.

U jahonda emlash dasturlarini samarali taqdim etgan olim sifatida ham taniqli. Shu bois ham yuqumli kasalliklarning og`irligini baholash bo`yicha tadqiqotlar, shuningdek, vaksinasiyalarning maqsadga muvofiqligi va ta`sirini baholash bo`yicha lisenziyalangan klinik emlash sinovlari va uni tatbiq etish loyihalarining faol ishtirokchisi sifatida ham faoliyat yuritib keladi.

Mixail Favorov Amerika mikrobiologiya uyushmasi a`zosi, Sog`liqni saqlash va epidemiologiya bo`yicha xalqaro ekspert bo`lib, 40 yillik umrini dunyoning turli hududlarida yuqumli kasalliklarni o`rganish va oldini olish sohasiga bag`ishlagan. 100 dan ortiq dolzarb ilmiy ishlarning muallifidir.

U shu kunlarda xalqaro mustaqil ekspert sifatida yurtimizda koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida faoliyat olib borayotgan Sog`liqni saqlash vazirligidagi shtab mutaxassislari bilan birgalikda mamlakatimizdagi ushbu sohaga ixtisoslashgan davolash muassasalaridagi tibbiyot xodimlariga ham konsultativ yordam ko`rsatmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1