1

Samarqandda kiyimlarini echib, striptiz o`ynab, bayramni nishonlayotgan bir guruh qizlar qo`lga olindi (video)

Jamiyat 09.03.2020, 21:05
Samarqandda kiyimlarini echib, striptiz o`ynab, bayramni nishonlayotgan bir guruh qizlar qo`lga olindi (video)

Samarqanddagi restoranlardan birida 8 mart bayramini striptiz o`ynab nishonlagan bir guruh qizlar qo`lga olindi. Bu haqda STV telekanalida ma`lum qilindi.

Keltirilishicha, kecha, 8 mart, kuni, soat taxminan 23:00 da «Ikrom choyxonasi» restoranida mijoz qizlar janjal ko`targan. Mast bo`lgan qizlar kiyimlarini echib, striptiz tushishni boshlaydi. Shundan so`ng, ularning bu harakatlari boshqa mijozlarda norozilik keltirib chiqaradi. Restoran ma`muriyati esa qizlardan “hisob-kitob”ni qilib, bu erdan chiqib ketishlarini talab qilgan. Ammo qizlar be`mani harakatlarni qilishda davom etishgan. Ilojsiz qolgan restoran ma`muriyati IIB xodimlarini chaqirgan.

Mast qizlar etib kelgan IIB xodimlariga qarshilik ko`rsatishadi va, hattoki uyatli so`zlar bilan haqorat ham qilishgan. Vaziyat jiddiy tus olib, Milliy gvardiya xodimlari kelishiga majbur bo`lingan va bu orqali qizlar Ichki ishlar idorasiga olib ketilgan. 

Ayni paytda, ularning barchasi so`roq qilinib, holat o`rganilayotgani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1