1

Sirdaryolik 2 oiladan tinchimagan erkakka qamoq ham chora qilmadi, natijada...

Jamiyat 10.03.2020, 09:09
Sirdaryolik 2 oiladan tinchimagan erkakka qamoq ham chora qilmadi, natijada...

Sirdaryoda o`z farzandi ta`minotidan bo`yin tovlagan ota bo`yicha ayblov dalolatnomasi sudga yuborildi, deya xabar qildi MIB.

Mirzacho`l tumani Mustaqillik MFYda yashovchi fuqaro O.Julmurodov bir necha marotoba uylangan bo`lib, birinchi turmushidan uch nafar farzandi bor. Biroq turmush o`rtog`i bilan birga yashamay qo`ygan va uch nafar farzanlarini moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlab uydan chiqib ketgan. Julmurodov Guliston shahrida yashovchi opachasini uyida vaqtinchalik yashab, har xil turdagi ishlarni va nonvoyxonalarda ishlab kelgan. Shu orada fuqaro N.Eshnazarova bilan tanishib, unga ko`ngil qo`yadi va u bilan sha`riy niqohdan o`tadi. Farzandi tug`ilgach, oradan biroz vaqt o`tib, bu xotini bilan ham kelisholmay birga yashamay qo`yadi. Shundan so`ng N.Eshnazarova tomonidan bir nafar farzandining ta`minoti uchun Fuqarolik ishlari bo`yicha Guliston tumanlararo sudiga da`vo ariza bilan  murojaat qilingan. Uning murojaati bo`yicha sudning muhokamasi bilan 2017 yil 12 sentyabr kuni chiqarilgan ijro varaqasiga asosan qarzdor O.Julmurodov hisobidan bir nafar farzandining ta`minoti uchun undiruvchi N.Eshnazarovaning foydasiga, farzandi to voyaga etgunga qadar  ¼ qismidan kam  bo`lmagan miqdorida  aliment to`lab berishi belgilangan. Mazkur ijro hujjatini qarzdor yashab turgan manzili bo`yicha Byuroning Mirzacho`l tuman bo`limiga ijro etishlik uchun yuborilgan.

MIBga kelib tushgan ushbu ijro hujjatiga asosan davlat ijrochilari tomonidan ish yuritish qarori qabul qilinib, qarzdor O.Julmurodovga aliment to`lashligi haqida bir necha marotoba ogohlantirish berilgan bo`lsada,  ota farzandi uchun 2 yildan ortiq muddatga aliment to`lashdan bo`yin tovlab kelgan. Shu sababli muqaddam Mirzacho`l tuman ma`muriy sudining 22.05.2019 yil kungi qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni ko`rish jarayonida aliment majburiyatlari bo`yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to`lagan bo`lsa, javobgarlikdan ozod etilishi belgilangan.

Qarzdor O.Julmurodov 15 sutka ma`muriy qamoq jazosini o`tab chiqqandan so`ng ham o`ziga tegishli hulosa qilmasdan 2 yildan ortiq, ya`ni 18.08.2017 yildan 14.12.2019 yilga qadar undirilishi lozim bo`lgan 10 mln. 669 ming 287 so`m mablag`ni to`lamasdan, farzandini moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlab kelgan. Shundan kelib chiqib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilib, ayblov dalolatnomasi to`plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha Mirzacho`l tuman sudiga yuborilgan.

Aksariyat qarzdor otalar moddiy imkoniyati bo`lsa-da, ayoliga achchiq qilib, unga qarshi tarzda aliment to`lagisi kelmaydi. Vaholanki, ota-onasining o`rtasidagi gina-kudrat yoki sovuq munosabatlar jabrini farzandlari tortmoqda.

Ushbu jinoyatni sodir etilishiga uning uzoq muddat davomida biron-bir joyda ishlamasdan, foydali mehnat bilan shug`ullanmagani yuqoridagi jinoyatni sodir etilishiga asosiy sabab bo`lgan.

Mahalliy hokimlik, o`zini o`zi boshqarish organlari, profilaktika inspektorlari byuro xodimlari hamkorlik qilish natijasida ayrim oilalar yarashtirilib, voyaga etmagan bolalarning etim bo`lib qolishdan olib qolmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1