1

Rossiyada ishlash istagida bo`lganlar diqqatiga!

Jamiyat 10.03.2020, 10:17
Rossiyada ishlash istagida bo`lganlar diqqatiga!

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiya Federasiyasining Ekaterinburg shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga muhim xabar e`lon qildi.  

Yanada aniqroq aytganda, agentlik Ekaterinburg shahridagi yirik qurilish kompaniyasiga (g`isht terish) ishga taklif etadi.

️ Yo`l,  migrasion ro`yxatga olish,  patent xarajatlari keyinchalik ish haqidan 10 oy davomida bo`lib to`lash sharti bilan ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Belgilangan ish hajmi bajarilgan taqdirda,  yashash joyi xarajatlari ish beruvchi tomonidan to`lanadi.

Nomzodlar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududiy filiallariga murojaat qilishi mumkin.

Qo`shimcha ma`lumot uchun 71 202 33 55 (ichki raqam 41) raqamiga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1