1

“Uzbekistan Airways” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Navro`z bayrami munosabati bilan chegirmalar e`lon qildi

Jamiyat 10.03.2020, 10:27
“Uzbekistan Airways” va  “O‘zbekiston temir yo‘llari”  Navro`z bayrami munosabati bilan  chegirmalar e`lon qildi

Navro`z bayramini munosib o`tkazish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Uzbekistan Airways” va  “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2020 yilning 21 martidan 23 martiga qadar barcha ichki reyslarga hamda “Afrosiyob” tezyurar poezdlari chiptalariga chegirmalar e`lon qilindi. 

Shuningdek, belgilangan dam olish kunlarida Respublika bo`ylab 346 ta mehmonxona, 77 transport tashkiloti, 104 ta umumiy ovqatlanish joylari va restoranlarda ham chegirmalar joriy etildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 noyabrdagi “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi PF-5875-sonli Farmoniga asosan xalqimizga Yangi yil, Navro`z, va Mustaqillik bayramlari munosabati bilan 3 kun ketma-ket dam olish imkoniyatlari yaratilgan. Ushbu Farmon, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida, fuqarolarimizning mazmunli hordiq chiqarishga, oila davrasida ko`proq vaqt birga bo`lishlariga va yurtimiz bo`ylab sayohat qilishlariga qo`shimcha sharoit yaratib beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1