1

Koronavirus sababli “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi qoldirildi

Jamiyat 10.03.2020, 11:16
Koronavirus sababli “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi qoldirildi

Joriy yilning 23-25 aprel kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi. Bu haqda Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi  Tashkiliy qo`mitasi xabar berdi.

Bunday qaror Forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va yurtimiz fuqarolari orasida Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi. Tashkiliy qo`mita ilgari ro`yxatdan o`tgan shaxslarni Forum qoldirilgani haqida xabardor qilish bo`yicha ishlarni tashkillashtiradi, shuningdek, Forumning o`tkaziladigan aniq sanalarini qo`shimcha ravishda keyinroq e`lon qiladi.

️E`tibor bering! 

Forumning keyinga qoldirilishi ilgari e`lon qilingan “Eng yaxshi yuridik xizmat”, “Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” respublika tanlovlari o`tkazilishiga ta`sir ko`rsatmaydi.

Forum haqida batafsil ma`lumotlarni http://tashkentlawspring.uz sayti yoki (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1