1

"Yangi angren" IESda nosozlik yuzaga keldi

Jamiyat 10.03.2020, 11:54
"Yangi angren" IESda nosozlik yuzaga keldi

Bugun, 9 mart kuni soat 21:00 da «Yangi-Angren» issiqlik elektr stansiyasida energobloklarga ko`mir etkazib berish tizimidagi nosozlik tufayli dastlab ishlab chiqarish quvvati 100 mVtga pasayishi kuzatildi. So`ngra soat 21:17 da 200 mVt quvvat bilan ishlayotgan 4-energoblokka yoqilg`i berish to`xtab qolganligi tufayli avariya holatini oldini olish maqsadida energoblok stansiya xodimlari tomonidan favqulotda o`chirildi. Stansiyaning umumiy quvvati 800 mVtdan 420 mVtgacha pasayib ketdi. Bu haqda "O`zbekiston MET" AJ Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Sodir bo`lgan nosozlik tufayli energetika tizimida avariyaga qarshi avtomatika ishlashi natijasida iste`molchilar elektr ta`minotida uzilishlar yuz berdi va ayna paytda elektr ta`minotidagi muvozanat xavfsizligini ta`minlash uchun cheklovlar kiritilishiga majbur bo`linmoqda.

Milliy dispetcherlik markazi ma`lumotlariga ko`ra, bunday holat ushbu stansiyada birinchi marta kuzatilayotgani yo`q. Mart oyining 9 kuni davomida, operativ ma`lumotlarga ko`ra, energobloklarda 5 marta o`chish holatlari sodir bo`lgan.

Yuzaga kelgan nosozliklar va uning bartaraf etilishi yuzasidan batafsil ma`lumotlar «Issiqlik elektr stansiyalari» AJning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e`lon qilinadi.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1