Seshanba kuni koronavirus tufayli dunyo miqyosida o`lganlar soni 4, 000 kishidan oshdi, deya xabar bermoqda tarjumon.uz.
Aniq hisob-kitoblarga ko`ra,epidemiya qurbonlari 4,011 kishiga etdi. Virus dunyoning 100 dan ziyod mamlakatiga tarqaldi va global miqyosda kasallanganlar soni 110,000 tadan oshib oshib ketgan. Epidemiya sababli dunyo bo`ylab aviareyslar bekor qilindi, konferensiyalardan tortib sport musobaqalariga qadar ko`plab tadbirlar bekor qilinishiga to`g`ri kelmoqda.
Xitoyda ayni paytgacha 80,750 dan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Ammo Xitoyda so`nggi haftalarda yangi kasallanganlar tobora kamayib bormoqda. Bu mamlakatning karantin bo`yicha misli ko`rilmagan choralari ish berayotganidan darak beradi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dushanba kuni Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 70 foizdan ortig`i tuzalgani hamda mamlakat «epidemiyani nazoratga olganini» ma`lum qildi.
Sog`liqni saqlash bo`yicha milliy komissiya ma`lumotlariga ko`ra, seshanba kuni faqatgina 19 nafar odamda virus borligi aniqlangan. Bu Xitoy hukumati shu yilning 21 yanvar kuni infeksiyalanganlarni qayd etishni boshlaganidan beri eng past ko`rsatkich hisoblanadi.
Ba`zi viloyatlarda maktablar qayta ochildi yoki darslar qayta boshlanadigan kunlar e`lon qilindi. Uxanda ochilgan 16 ta shifoxonalarning aksariyati yopilgan bo`lib, ularning oxirgi ikkitasi seshanba kuni yopilishi kutilmoqda.






